Mirzabek Xolmedov - Tavallud Ayyom Muborak!

Gohi jiddiy, gohida esa quvnoq voqealar bilan odamlarning ko‘nglini olishga, atrofimizda bo‘layotgan voqealar haqida mushohada qilishga undovchi so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov 13 dekabr kuni 56 yoshni qarshi oldilar!

Mirzabek Xolmedov 1961 yilning 13 dekabr sanasida Toshkent shaxrida tavallud topgan. Mirzabek Xolmedov Oiladagi 11 farzandning to‘qqizinchisi bo‘lgan!
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mirzabek Xolmedov 1987 yilda oila qurdi va 3 o‘g‘il va 1 qizning otasi bo‘ldi.
So‘z ustasi ijodiy faoliyati davomida o‘zini kinoaktyor sifatida ham sinab ko‘rgan. “Alif va Laylo”, “Oltin devor”, “Ko‘zlarim yo‘lingda”, “Muhabbat sinovlari-1”, “Muhabbat sinovlari-2”, “Ulfatlar-1”, “Ulfatlar-2”, “Ulfatlar-3” kabi qator filmlarda rol ijro etgan. Shu bilan birga, aktyor qator multfilmlarga ham ovoz bergan.
Qahramonimiz 1989 yildan buyon har yili o‘zining konsert dasturini taqdim etib keladi. Yurtdoshlarimiz uni Obid Asomov, Sobit Asomov, To‘htamurod Azizov, Botir Muhammadxo‘jayev, Matyoqub Matjonov kabi hamkasblari bilan “Ko‘zgu” teatrida bir sahnada ijod qilgan kezlarini juda yaxshi eslashadi.

Mirzabek Xolmedov rafiqasi Feruzaxon haqida juda iliq so‘zlarni aytadi, undan minnatdor ekanini yashirmaydi. OAVga bergan intervyularida u rahmatli volidasiga mehr ko‘rsatgan, hayotining yaxshi-yomon kunlarida yonida tura olgan, unga 4 ta farzandni hadya etgan rafiqasiga tashakkur aytgan. 
Mirzabek Xolmedovni Tavallud Ayyomlari bilan Tabriklaymiz! Farzandlarini roxatini ko'rib yursinlar. Xar doim el-yurt ardog'ida bo'lib yurishlarini tilab qolamiz!


Izoh qoldirish

Qoldirilgan izohlar moderator ko'rigidan o'tganidan so'ng saytga chiqariladi.