Yulduz Usmonova - Tavallud Ayyom Muborak!


Yulduz Oʻrayimoxunovna Usmonova, (Yıldız Usmanova, Osmanova) 1963-yil 12-dekabrda Margʻilonda tug‘ilgan — oʻzbek estrada xonandasi, bastakor. Oʻzbekiston (1995), Qoraqalpogʻiston (2000) xalq artisti. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1988). Oʻzi tashkil etgan ansamblning yakkaxon xonandasi (1989 y.dan). Dardli va shirali ovoz sohibi. Milliy estrada qoʻshiqchiligiga katta hissa qoʻshib kelmoqda. Usmonova ijodi xonandalik va aktyorlik sanʼatining omuxtaligi, joʻshqinlik, koʻtarinkilik, badiiy izlanuvchanlik, har bir qoʻshiq talqinida musiqa va sahna vositalarining yorqinligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan oʻrin olgan aksariyat qoʻshiqlarning (soʻzi va musiqasi) muallifi.

Xalq kuy-ohang andozalarini ijodiy qoʻllash orqali vatanparvarlik ruhidagi joʻshqin monolog, Muhammad Yusuf va boshqalarning sheʼrlari asosida oʻziga xos daʼvat qoʻshiqlarni yaratdi («Hech kimga bermaymiz seni, Oʻzbekiston», «Oʻzingdan qoʻymasin, xalqim», «Elim», «Oʻzbegim», «Xalq yashar») Shuningdek, 20-asr oʻzbek qoʻshiqchiligi anʼanalarida lirik («Nastarin», «Olov yonar yuragimda», «Qizil olma»), hajviy («Nozanin, noziman», «Buxorodan kuyov keldi»), lirik-dramatik («Onaizor», «Gʻiybat, boʻhton oʻldiradi», «Shoh va gado», «Otajon», «Allohim», «Muhammad Yusufga») qoʻshiqlar, bir qator xorij va qardosh xalqlar estrada qoʻshiqlarini (jumladan, «Ya, habib» (arabcha), «Dunyo» (turkcha), «Parvardigori» (forscha)) mahorat bilan ijro etgan.
«Bolajon» kinofilmida bosh qahramon rolini oʻynagan, koʻpgina «Temir erkak», «Bolajon», «Olov qaʻridagi farishta», «Tohir va Zuhra yangi talqin», «Sarvinoz», «Muhabbat sinovlari 2» filmlarda rol ijro etgan. «Temir hotin», «Oshiqlar», «Yolgʻon dunyo» kinofilmlar uchun qoʻshiqlar ijro etgan.
Bir necha xalqaro estrada tanlovlari laureati (Yurmala, 1989; Olmaota, 1991). «Sharq qoʻshiqlari qirolichasi» unvoniga sazovor boʻlgan (2000, Turkiya). Ijrolari 3 gramplastinka va 20 dan ortiq kompakt diskga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Amerika, Shimoliy Afrika mamlakatlarida gastrolda boʻlgan.

Yulduz Usmonavani 12 Dekabr Tavallud Ayyom bilan muborakbod etamiz! Xamma narsasi bor insonga qanday tilak tilash mumkin?) Xar doim sog' salomat bo'lib el-yurt xizmatidan tolmasinlar deb qolamiz! Tabriklimiz)

Izoh qoldirish

Qoldirilgan izohlar moderator ko'rigidan o'tganidan so'ng saytga chiqariladi.