Sitora Farmonova Jim Kerri Prodyusserining taklifini nega rad etdi?!

Sitora Farmonova xozirgi paytda kino va kliplarda ishtirok etishdan tashqari Milliy Tv kanalida boshlovchilik xam qilmoqda!Uning ilk roli, Said Muxtorov suratga olgan klipda bo'lgan. Shuningdek "To'da" , "Ayol zoti", "Sarvinoz", "Xavfli burilish" film va seriallaridan so'ng u xorijiy rejissyorlarning kartinalarida ham ishtirok etish baxtiga muyassar bo'lgan va u film "Kann" Xalqaro kinofestevalida namoyish etilgandi. Aynan shu voqeadan so'ng Gollivud aktyori Jim Kerrining prodyusseridan kattaroq kinoloyixaga taklif tushgandi.Bu haqida aktrisaning o'zi shunday deydi: "To'g'ri, Gollivudning mashhur prodyusseri meni xorijiy kartinada rol o'ynashim uchun chaqirdi. Ammo o'sha zahoti taklifni rad etganman. Chunki men gavdalantirishim kerak bo'lgan qahramon qizning yashash tarzi o'zbek mintalitetiga to'g'ri kelmasdi. Film voqealarida hatto behayo xarakatlarni bajarish kerak ekan. Menga bu to'g'ri kelmaydi".

Sitora Farmonova katta pul miqdori va mashhurlikdan voz kechib, ijodini O`zbekistonda davom ettirishga qaror qilgani esa quvonarli hol. Uning o'zi ham bundan afsusda emas.


Izoh qoldirish

Qoldirilgan izohlar moderator ko'rigidan o'tganidan so'ng saytga chiqariladi.