Munisa Rizayeva: "To'ylardan olgan 600$ dollarning, 150$ dollari menga qoladi, chunki..."


Xonanda Munisa Rizaeva to'ylarga qancha pul evaziga chiqishi haqida so'z ochdi!

Munisa Rizaeva:  To'ylarga 600$ dollar evaziga boraman. Lekin buning hammasi xam o'zimga qoladi deb o'ylash hato! Har bir xizmatga kirib chiqqanimda, o'zim uchun 150 dollargina olib qolaman. Chunki jamoada men bilan o'n kishi ishlaydi, ularni xizmat haqqi bor. Qo'shiq yozilgunicha, klip efirga ketgunicha kadr ortida qoladigan qanchadan qancha xarajatlar mavjud. Shularni hammasini ana shu to'ylarning hisobiga qoplayapman. Bilasizmi, "Shou biznesni tadbirkorlikka aylantirib boyishyapti" deganlarga bir gapni aytib o'tmoqchiman. Ishonsangiz olti yil ichida bitta uy ham sotib ololmadim. San'atkorga har kuni bayram, deb o'ylashadi. Yo'q! Sutkalab uxlamaymiz. Shu qiyinchiliklarda bir kun yashagan inson "mashhurlik mazzada" degan gaplar yolg'onligini his etishadi.




Izoh qoldirish

Qoldirilgan izohlar moderator ko'rigidan o'tganidan so'ng saytga chiqariladi.