Tohir Sodiqov o'zi ishtirokidagi "Ada emas, Dada" filmi uchun o'z obraziga dublyajda ovoz berish uchun qo'shimcha pul so'ragani rostmi?!

Kinoteatrlarda hali hamon namoyish etilayotgan "Ada emas, Dada" filmi toshobinlar tomonidan iliq qutib olindi va xali xanuz filmni tomosha qilishga tashrif buyurishmoqda..


Shu kungacha jurnalistlarni qiziqtirgan savollardan biri -  "Tohir Sodiqov nega o'z qahramoniga, o'zi ovoz bermadi?" Mish-mishlarga qaraganda Tohir Sodiqov filmning dublyaji uchun prodyusserdan alohida juda katta gonarar so'ragan. Bu haqiqat yoki yo'q bilish uchun xonandaning o'zi bilan bog'lansak, savolimizni ochiq qoldirdi. So'ngra bu mavzuda film prodyusser Obid Asomov bilan gaplashdik.


"To'g'ri, Tohir o'z roliga qayta ovoz berish uchun bizdan qo'shimcha pul so'radi. Ammo kinoning byujeti bunga yo'l qo'ymagani uchun Tohirning ovozidan voz kechib, Faxriddin Shamsimatovga murojaat etdik. Lekin bundan hech ham hafa emasman. Aksincha, dublyajdagi ovoz bilan qahramonga o'ziga yarasha jiddiy xarakter bera olganmiz" deydi Obid Asomovning o'zi.


Izoh qoldirish

Qoldirilgan izohlar moderator ko'rigidan o'tganidan so'ng saytga chiqariladi.