Tabiiy gazni hisoblash uskunasi kimning hisobidan o'rnatiladi?


"Gazni hisoblash uskunamiz eski, hali yangilamaganmiz. Aytishlaricha, elektron hisoblagich o'rnatish majburiy ekan. Lekin hozirda hisoblagichni almashtirish uchun imkonimiz yo'q. Elektron hisoblagich o'z hisobimizdan o'rnatilishi to'g'rimi o'zi?"

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20 apreldagi qarorida maishiy iste'molchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy elektron uskunalarini xarid qilish, o'rnatish va keyinchalik xizmat ko'rsatish "O‘ztransgaz" aksionerlik jamiyatining shaxsiy mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi, keyinchalik gaz hisoblagichlari qiymatini iste'molchilar bir yil ichida to'lashi zarurligi nazarda tutilgan edi. Sodda qilib aytganda, bu norma gaz hisoblagichni almashtirish iste'molchilar hisobidan amalga oshirilishini anglatadi.

Prezidentning 2017-yil 15-iyundagi qaroriga ko'ra, ushbu normaga o'zgartish kiritildi. Ya'ni, maishiy iste'molchilarga tabiiy gazni hisoblash zamonaviy uskunalarini xarid qilish, o'rnatish va keyinchalik xizmat ko'rsatish "O‘ztransgaz" aksionerlik jamiyatining shaxsiy mablag'lari hisobidan amalga oshirilishi belgilandi. Bu gaz hisoblagichlari yetkazib beruvchi tomonidan amalga oshirilishini anglatadi.

Izohlar - 2

Azim
5 января 2018 22:13
"Табиий газни хисоблаш ускунаси кимнинг хисобидан урнатилади ?" сарлавхали маколани укидим.Ушбу маколада келтирилган карор ижроси каерда канчалик амалга ошириляпти еки карор качондан кучга киради?
Ушбу карор ижроси юзасидан каерга мурожаат килиш мумкин ?
Matndan parcha keltirish
5 января 2018 23:22
Hurmatli Azim! Ushbu qaror yuzasidan o'ziz istiqomat qiluvchi tuman gaziga murojat qilishiz mumkin. O'sha yerdan batafsil ma'lumot olishiz xam mumkin.
Matndan parcha keltirish

Izoh qoldirish

Qoldirilgan izohlar moderator ko'rigidan o'tganidan so'ng saytga chiqariladi.