Donald Tramp o'zini "DAHO" deb e'lon qildi!

AQSh prezidenti Donald Tramp hayotiy tajribasidan kelib chiqib, o'zini "Daho" deb e'lon qildi!
Uning aqliy qobiliyati tanqid ostiga olingani tufayli "Twitter"dagi sahifasida bu haqda izoh qoldirdi. Mazkur holat Maykl Vulfning "Olov va g'azab. Trampning Oq uyida" asari chop etilgangandan keyin yuzaga keldi.

"Butun umrim davomida mening eng asosiy ikki jihatim - ruhiy holatim va aqlim bo'lgan. Men juda muvaffaqiyatli tadbirkor hamda televidenie yulduzidan AQSh prezidentligiga qadar bo'lgan yo'lni bosib o'tdim. Men o'zimni aqlli inson sifatida emas, balki Daho, juda katta Daho, deb hisoblayman!" - deya yozdi Tramp.
O'tgan yilning oktyabr oyida OAVlarda AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning Donald Trampni "ruhiy nosog'lom", deb atagani haqida xabar tarqalgan edi. Unga javoban Tramp IQ testi natijalarini solishtirib ko'rish taklifini bergan edi.

Izoh qoldirish

Qoldirilgan izohlar moderator ko'rigidan o'tganidan so'ng saytga chiqariladi.