Dubayda namoyish etilgan Yangi Yil Lazerli Shou Jahon rekordini o'rnatdi!

Dubayda Yangi Yil kechasi namoyish etilgan eng katta ko'lamli lazerli shou jahon rekordini o'rnatdi. Shouni tomosha qilish uchun o'n minglab odamlar yig'ildi.

Bu Yangi yilda Light Up 2018 shousi birinchi marta dunyodagi eng baland imorat  "Burj Xalifa" minorasi yaqinidagi an'anaviy mushakbozlik o'rnini bosdi. 

Unda 2018 yil kirib kelishiga bir necha soniya qolganida teskari sanoq boshlandi, so'ng esa tomoshabinlar taxminan etti daqiqa davomida minoraning o'zida, osmono'par binolarda, taniqli raqs tushuvchi favvoralarda musiqa hamohangligidagi lazerli proeksiyalarni kuzatdi.

Rekord Ginnes rekordlari kitobiga "Bitta binoda aks ettirilgan eng katta ko'lamli lazerli va ovozli shou" sifatida kiradi. Proeksiyaning ko'lami 109 ming kvadrat metrni tashkil etdi


Izoh qoldirish

Qoldirilgan izohlar moderator ko'rigidan o'tganidan so'ng saytga chiqariladi.