28 Dekabr Konsert dasturi e'lon qilingan lekin biletlar sotuvda xali xam yo'q!



Yurtimizda Yangi Yil sovg'asi sifatida 3 ta Dunyo "Yulduz"ining konsert dasturi taqdim etilishi xaqida e'lon qilingan edi.
Shulardan 2 ta "Yulduz"ning konsert dasturi taqdim etib bo'lindi. Robbie Williamsning Madaniyat va odob axloqdan yiroq konsert dasturi qanday o'tganligi ko'pchillika ma'lum bo'lib ulgurdi.
Ikkinchi mexmon Jose Carreras konsert dastruri qanday o'tganligi xaqidagi ma'lumotlar esa xozircha yo'q, balki konsert tinch va shov-shuvlarsiz o'tgani uchun xam xech kim bu xaqda gapirmagan bo'lishi xam mumkin.
Lekin uchinchi "Yulduz" kim ekanligi xali xam noma'lumligicha qolmoqda. Gap so'zlarga qaraganda Enrique Iglesias kelishi xam kutilmoqda balki kelmasligi xam mumkin). Yangi Yil oldi kelish extimoli juda xam past)). Xozircha rasman qaysi mashxur "Yulduz" kelishi xaqida xech qanday ma'lumot berilgani yo'q! Agarda kelmay qolsa xijolat bo'lib qolmaylik deb xam sir tutilayotgan bo'lishi xam mumkin).
Biz 28 Dekabr sanasida "Istiqlol San'at Saroyi" da bo'lib o'tadigan konsert dasturi uchun bilet sotib olish maqsadida "Istiqlol San'at Saroyi"ning kassasiga qo'ng'iroq qilganimizda quyidagi javobni oldik: "..xozircha biletlar sotuvga qo'yilgani yo'q va qachon qo'yilishi xam noma'lum va kimni konsert dasturi bo'lishini xam bilmaymiz"!

Demak shaxsi noma'lum mashxur "Yulduz"ni 28 Dekabr kungi konsert dasturini kutib qolamiz!

Izoh qoldirish

Qoldirilgan izohlar moderator ko'rigidan o'tganidan so'ng saytga chiqariladi.