Elmakon rostdan xam o'zgachami?! Yoki bu shunchaki reklama xalos?

Poytaxtimizda ELMAKON nomli elektronika do'konlar tarmog'i o'z ish faoliyatini boshladi. Bu do'konlarni boshqa texnika do'konlaridan farqi nimada va nimasi o'zgacha ekanligini bilish maqsadida Toshkentdagi Mega Planet oldida ochilgan ELMAKON do'koniga tashrif buyurdik va o'zgacha narsani qidirib topishga xarakat qildik).
ELMAKON qulayliklari va afzalliklari:Do'kon ichki tomoni chiroyli dizayn va did bilan ishlangan va xaridorlarga bir qancha qulayliklar mavjud. Misol uchun xar bir telefon qurilmasini qo'lingiz bilan ushlab ko'rib bemalol ishlatib xam ko'rishingiz mumkin bo'ladi. "Malika" savdo markazidagi do'konlar kabi faqatgina "vitrina"da turmaydi . "Malika" savdo markazi do'konlarida esa xoxlagan telefoningizni yoqib ishlatib ko'rolmaysiz faqatgina sotib olsangizgina sizga yoqib ishlatib ko'rsatishadi).
ELMAKON do'konlarining yana bir qulayligi sizga erinmasdan xar bir maxsulot xaqida batafsil ma'lumot berishadi. Yana bir qulaylik xar bir sotilayotgan maxsulotga narxlari yozilgan va siz narxni qanchaligini so'rab ovora bo'lmaysiz.

Endi esa ELMAKON do'konlarining kamchiliklari xaqida so'z yurutamiz:
ELMAKON do'konlari ishga tushishdan oldin tv ekranlarda juda ko'p antiqa qiziqarli reklamalar berib borildi. Bu reklamalarni ko'rgan inson albatta bu nima ekan dep qiziqishi ortadigan darajada reklamalar bo'lib o'tdi. Lekin reklama qilingandek ELMAKON do'konlarida xammasi u darajada O'zgacha emas.
Narxlar xam el qatori qimmat), Boshqa do'konlarda sotilayotgan narxlarda sotilmoqda. Narxlarda xech qanday o'zgachalik yo'q va sotib olmoqchi bo'lgan maxsulotingizni kreditga va bo'lib to'lash usullari xozircha yo'q. Balki kelajakda bo'lar yana bilmadik).Misol uchun Samsung J 7(2017) telefoni ELMAKONDA 2 110 000 so'm sotilmoqda. "Malika" savdo markazida esa 2 091000 so'm (255$) sotilmoqda, yaxshilab savdolashsangiz 40-50 ming so'm arzonga xam berib yuborishligi mumkin). Xozirgi kunda "Malika" savdo markazining ko'pgina do'konlarida kredit va bo'lib to'lash usullari xam mavjud do'konlar ko'paymoqda. Lekin "bizda xammasi o'zgacha" deb jar solayotgan ELMAKON do'konlarida bunday xizmatlar mavjud emas. Bu do'konlarni aynan nmasi O'zgachaligini biz bila olmadik). Xammasi o'zgacha bo'lgandan keyin qandaydur yangilik va o'zgacha sotish usullari bo'lishi kerak edi. Misol uchun narxlari boshqa do'konlarga qaraganda arzonroq bo'lganda xam xammasi o'zgacha deyish mumkin bo'lardi. Xozirgi kunda butun dunyoda kreditga sotib olish va bo'lib to'lash rivojlangan va bu xaridorlarga juda xam manzur kelmoqda. Lekin bizda bu narsa xali xam rivojlangani yo'q. Agarda bu xizmatlar bor bo'lsa xam o'nta joydan xujjat va yana nmadur qog'ozlar talab etiladi va tabiiyki bunday ovoragarchilikdan ko'ra tinchgina olmay qo'yaqolasiz). Bizda xam chet eldagidek savdo sotiq xizmatlarida kredit va bo'lib to'lash xizmatlarini soddashlashtirilgan xolda axoliga yengilliklar yaratish kerak. Lekin afsuski bizda xali xam bunday xizmatlar rivojlanmagan. Bizda xozircha faqatgina reklamada maqtashni boplashmoqda xalos).

Reklama qilingan maxsulot yoki xizmat reklama qilingandek xususiyatlarga ega bo'lishini tilab va talab qip qolamiz). ELMAKON do'konlarida esa "Xammasi o'zgacha" bo'ladi deb kutib qolamiz!

Izohlar - 2

ДжТ
18 декабря 2017 12:42
Субъективная статья, претензии, не раскрыта тема цен, не дана конкретная аргументация в сравнении с другими магазинами или сетями на одну и ту же модель и не указаны причины разницы в ценах. Грамотный обзор так не делается, выглядит как будто проплатили за такую статью. "Малика" хоть и является индиктором, но вполне известно какой там продается товар и как его продают. Например ни слова не сказано про то, что на "Малике" не дают гарантию на товар сроком 1 год, в отличии от Элмакон. А ведь можно было просто сфотографировать любой ценник, где указана вся инфомация. То, что нет кредита или рассрочки, скорее факт временный, возможно они работают над своим уникальным предложением, вы об этом не подумали, но решили написать так, как будто кредита или рассрочки вообще не будет.
Matndan parcha keltirish
18 декабря 2017 14:51
Xurmatli ДжТ , fikrlariz uchun rahmat, bu maqolada Elmakon do'koni yomonlanayotgani yo'q. Yaxshilab e'tibor berib o'qisez afzallik va kamchiliklari xaqida gapirilmoqda. Xozirgi paytda kredit va bo'lib to'lash usullari yo'q balki kelajakda bo'lib qolar deyilmoqda, umuman bo'lmaydi deyilmagan! "Malika" savdo markazida xam 1 yillik kafolat beriladi kompaniya rasmiy dilerlari tomonidan. Elmakon do'konlarida kelajakda qanday o'zgarishlar yangiliklar bo'ladi bu xozircha bizga noma'lum! Biz xozirgi kunda qanday afzallik va kamchiliklari bor shu xaqda yozdik.
Matndan parcha keltirish

Izoh qoldirish

Qoldirilgan izohlar moderator ko'rigidan o'tganidan so'ng saytga chiqariladi.